11:14 / 26.09.2018
3794

Abe KXDR bilan munosabatlar qanday shartda yaxshilanishini aytdi

Foto: Issei Kato/Reuters

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan shaxsiy uchrashuvga tayyor ekanini bildirdi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

Abening so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv 1970-1980 yillarda KXDR maxsus xizmatlari tomonidan olib chiqib ketilgan yaponlar muammosini hal qilishga yordam berishi kerak. Uning bildirishicha, bu «baxtsiz o‘tmishga yakun yasash» va munosabatlarni normallashtirishga o‘tish uchun zarurdir.

«Hozircha bunday qaror qabul qilinmadi, ammo bu uchrashuv Shimoliy Koreyada majburan ushlab turilgan yapon fuqarolarining muammolarini hal qilishga olib kelishi kerak», - dedi Abe.

Uning qo‘shimcha qilishicha, «o‘zining tarixiy imkoniyatini» qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inni maqtagandi

Mavzuga oid
Top