15:37 / 26.09.2018
8614

Ukraina Azov dengizi yaqinida harbiy mashqlar o‘tkazdi

Foto: dpsu.gov.ua

Ukraina harbiylari va chegarachilari Azov dengizi qirg‘oqlarida qo‘shma taktik mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda RIA «Novosti» Ukraina Davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, mashqlarda Ukraina Davlat chegara xizmatining zirhli avtomobillar ekipajlari hamda Qurolli kuchlarning tank bo‘linmalari ishtirok etgan.

«Ukraina Qurolli kuchlarining zirhli avtomobillar ekipajlari va tank bo‘linmalari birlashgan kuchlar tarkibida birgalikda harakat qildi, sohil mudofaasi hamda suv yuzasidagi obektlar va raqib dengiz desantini yo‘q qilish bo‘yicha vazifalarni bajarishda o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirishdi», - deyiladi Davlat chegara xizmati xabarida.

Mahkama vakillarining ta'kidlashicha, merganlar guruhi turli xil jangovar holatlarda harakat qilish ko‘nikmalarini, pulemyotchilar harakatlanish paytida va maxsus joylardan o‘t ochishda aniqlikni, zirhli mashinalar haydovchilari esa kolonnada harakatlanish bo‘yicha tajribalarini mustahkamladilar hamda mudofaa manyovrlarini amalga oshirdilar.

Shuningdek, matbuot xizmatidan ta'kidlashlaricha, mashqlarda taktik tibbiyot masalalariga «alohida e'tibor» qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina HDK Azov dengizida «sanoqli daqiqalar» ichida yo‘q qilinishi aytilgandi

Top