09:53 / 28.09.2018
53406

«O‘zavtosanoat»: GM Uzbekistan avtomobillariga tuzilgan 10 181ta ariza bekor qilindi

Foto: O‘zavtosanoat

«O‘zavtosanoat» AJ joriy yilning 1 sentabridan 25 sentabriga qadar «GM Uzbekistan» avtomobillari uchun qoldirilgan 10 181 ariza bekor bo‘lganini ma'lum qildi.

Shulardan, «Captiva» avtomobili uchun - 314 dona, «Cobalt» - 765 dona, «Damas» - 2514 dona, «Lacetti» - 409 dona, «Malibu» - 2309 dona hamda «Matiz» - 2717 dona ariza.

Ma'lum qilinishicha, avgust oyining so‘nggi haftasida «GM Uzbekistan» savdo tizimida 6393 dona soxta arizalar qoldirilgani aniqlangan va ular tizimdan o‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekspert O‘zbekistonda GM Uzbekistan'dan ham yomonroq monopoliya paydo bo‘lishini taxmin qilgandi. 

Top