22:37 / 10.10.2018
29008

O‘zbekiston terma jamoasi mashg‘ulotlaridan reportaj. Tarkibda o‘zgarishlar bor

O‘zbekiston terma jamoasi 6 oktabrdan boshlab Toshkentda navbatdagi yig‘iniga kirishgan. Ektor Kuper boshchiligidagi ikkinchi yig‘in 17 oktabrga qadar davom etadi. Terma jamoa «City Palace» mehmonxonasida istiqomat qilmoqda, maydondagi mashg‘ulotlar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti stadionida o‘tkazilyapti.

10 oktabr kuni jamoa to‘liq tarkibda - 24 futbolchi bilan tayyorgarlik olib bordi. Kecha oxirgi bo‘lib jamoa sardori Odil Ahmedov yetib kelgan.

Bugun yig‘inga, shuningdek, Islom To‘xtaxo‘jayev ham qo‘shildi. «Lokomotiv» himoyachisi birinchi kungi mashg‘ulotlarda jarohat olgan «Paxtakor» sardori Sherzod A'zamov o‘rniga tarkibga jalb etilgan.

A'zamovdan tashqari, 6-9 oktabr kunlari darvozabonlar Eldor Suyunov va Botirali Ergashev ham jarohatlangan va yig‘inni tark etgan. Ular o‘rniga OGMK posboni Roman Abdulov tarkibga jalb etilgan.

Bulardan tashqari, xujumchi Husniddin G‘ofurovda ham yengil shikastlanish bor, u hozir tiklanish bosqichini o‘tamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktabr kuni KXDR, 16 oktabrda Qatar terma jamoalari Toshkentda mehmon bo‘ladi. Har ikkala o‘rtoqlik o‘yiniga ham «Milliy» stadion mezbonlik qiladi. 

«Tribuna.uz» sayti 10 oktabr kungi mashg‘ulotlardan fotoreportaj taqdim etdi.

Mavzuga oid
Top