09:06 / 12.10.2018
99326

Ramzon Qodirov Habib Nurmagomedovga mashina sovg‘a qildi

Foto: VK/Ramzan Kadyrov

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, Ahmad Hoji Qodirov nomidagi jamg‘arma Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovga irlandiyalik Konor Makgregor ustidan g‘alaba qozongani munosabati bilan mashina sovg‘a qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Shuningdek, siyosatchining o‘z telegram-kanalida qo‘shimcha qilishicha, Grozniy hokimi Ibrohim Zakriyev jangchiga «Grozniy shahrining faxriy fuqarosi» unvonini berdi.

Rossiyalik jangchining otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedovga «Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya sohasi xodimi» unvoni berildi.

Foto: Instagram /@shamilzavurov

Nurmagomedov va Makgregor o‘rtasida o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun jang 6 oktabr kuni Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan UFC 229 musobaqasida bo‘lib o‘tdi. Rossiyalik jangchi to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan o‘z raqibini taslim etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makgregor Nurmagomedov bilan jang paytida undan uzr so‘ragani xabar qilingandi.

Mavzu
Nurmagomedov va Makgregor mojarosi
Xabib Nurmagomedov himoya jangida Konor Makgregorni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etdi. Ammo jang tugashi bilan oktagon tashqarisida va oktagon ichida janjal yuzaga keldi.
Barchasi
Top