12:50 / 16.10.2018
5114

O‘zbekiston – Qatar o‘yini hakamlari ma'lum bo‘ldi

Bugun, 16 oktabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 

Bellashuv soat 19:00da “Milliy” stadionida boshlanadi.

Bahsni turkmanistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam sifatida FIFA referisi Chorimurod Qurbonov ishlaydi. Unga qanotlarda Axmet Beknazarov va Berdimamet Atdiyev yordam berishadi. To‘rtinchi hakam Jasur Muxtorov (O‘zbekiston).

O‘rtoqlik o‘yini
16 oktabr, soat 19:00, "Milliy" stadioni
O‘zbekiston - Qatar
Bosh hakam: Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston)
Yon hakamlar: Axmet Beknazarov, Berdimamet Atdiyev (Turkmaniston)
To‘rtinchi hakam: Jasur Muxtorov (O‘zbekiston)

Top