17:55 / 16.10.2018
14003

O‘zbekiston termasining Qatarga qarshi o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibi e'lon qilindi

Bugun, 16 oktabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi «Milliy» stadionida Qatar termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin soat 19:00da boshlanadi.

Ayni paytga kelib mezbonlar bosh murabbiyi Ektor Kuper tanlagan boshlang‘ich tarkib ma'lum bo‘ldi.

Kuper 12 oktabr kuni KXDRga qarshi kechgan o‘yindagi asosiy tarkibdan bu safar faqat 4 futbolchini qoldirgan, ular – Ahmedov, Shomurodov, Ismoilov, Krimets. Bugungi o‘yin start-listiga kirgan yana 4 nafar o‘yinchi (Hamrobekov, Sidiqov, G‘ofurov, Aliboyev) 4 kun oldingi bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
16 oktabr. Toshkent, «Milliy» stadioni
O‘zbekiston - Qatar
O‘zbekiston:
 30. O‘tkir Yusupov, 2. Akmal Shorahmedov, 5. Anzur Ismoilov, 6. Husniddin G‘ofurov, 8. Ikrom Aliboyev, 9. Odil Ahmedov, 13. Oleg Zoteyev, 14. Ilhom Shomurodov, 15. Odil Hamrobekov, 22. Javohir Sidiqov, 31. Yegor Krimets.
Hakamlar: Chorimurod Qurbonov, Axmet Beknazarov, Berdimamet Atdiyev (barchasi - Turkmaniston)
To‘rtinchi hakam: Jasur Muxtorov (O‘zbekiston)

Top