22:34 / 17.10.2018
16975

O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar asosan qaysi sohaga kiritilmoqda?

Foto: iStock

“So‘nggi 20 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga isloh qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar hajmi 25,3 milliard AQSh dollarini tashkil etgan va uning 11,8 milliard AQSh dollari (47 foiz) so‘nggi 5 yil ichida jalb qilingan”, deyiladi Investitsiyalar bo‘yicha davlat investitsiya qo‘mitasining ekspert va ilmiy doiralar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonun” konsepsiyasida. 

Ma'lumot berilishicha, so‘nggi 5 yil ichida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, asosan, neft-gaz sohasiga jalb etilgan (73 foiz).  

Kontseptsiyada aytilishicha, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasiga 6 foiz, elektroenergetika sohasiga 2 foiz, yengil va to‘qimachilik sohasida 1 foiz atrofida va avtomobil sohasiga 0,2 foiz investitsiya jalb qilingan.

Mamlakatdagi investitsiyalarning yarim yillik o‘sish hajmi 2-2,5 milliard AQSh dollari (YaIM ning 4 foizidan kam) darajasida qolmoqda. Bu esa iqtisodiy o‘tish davridagi mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan hamda ayrim MDH mamlakatlarining ko‘rsatkichlaridan past hisoblanadi.

Top