12:49 / 25.10.2018
32430

Vazirlar Mahkamasi tizimida birdaniga 11ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumat axborot-tahlil departamentlari xodimlari lavozimlarga tayinlandi.

Hujjat bilan Bahodir Davronovich Alixonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish axborot-tahlil departamenti mudirining birinchi o‘rinbosari etib;

Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, san'at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentining Madaniyat va san'atni rivojlantirish masalalari sho‘'basi mudiri etib;

Faxriddin Muhiddinovich Salixov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining Transport sho‘'basi mudiri etib;

Baxtiyor Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining Kapital qurilish va qurilish industriyasi sho‘'basi mudiri etib;

Sharof Rahimberdiyevich Rajabboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish axborot-tahlil departamentining Innovatsion rivojlantirish masalalari sho‘'basi mudiri etib;

Akbar Anvarjonovich Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish axborot-tahlil  departamentining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobat muhitini rivojlantirish masalalari sho‘'basi mudiri etib;

Baxtiyor Bahodirovich Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentining Iqtisodiyot real sektorining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari sho‘'basi mudiri etib;

Ilhom Qahramonovich Sobirov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining Paxtani qayta ishlash va to‘qimachilik sanoati sho‘'basi mudiri etib;

Akbarxon Abbasovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining Yoqilg‘i-energetika kompleksini, atom va muqobil energetikani rivojlantirish sho‘'basi mudiri etib;

Komil Faritovich Boyazitov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta'lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamentining Jismoniy tarbiya, ommaviy sport va oliy sport mahoratini rivojlantirish masalalari sho‘'basi mudiri etib;

Shoxrux Yakuboyevich Sulaymonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining Tashqi aloqalarni rivojlantirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi mudiri etib tayinlandilar.

Top