Sport | 22:22 / 26.10.2018
24080
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA bir qator tarixiy qarorlarni qabul qildi

Bugun, 26 oktabr kuni Ruanda poytaxti Kigali shahrida FIFA kengashi o‘tkazildi.

Unda ijroqo‘m tomonidan bir qator tarixiy qarorlar qabul qilindi.

Birinchidan, FIFA ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati mukofot jamg‘armasini uch barobar oshirib, 15 million dollardan 50 million dollarga yetkazdi. Bundan tashqari, ilk marotaba ishtirokchi jamoalar tayyorgarlik uchun pul oladigan bo‘lishdi. Shuningdek, futbolchilarni terma jamoalarga jo‘natgan klublar ham taqdirlanadigan bo‘ldi.

Ikkinchidan, 2ta musobaqaning mezbonlari e'lon qilindi: 
- Plyaj futboli bo‘yicha 2019 yilgi jahon Kubogi Paragvayda o‘tadi;
- Futzal bo‘yicha 2020 yilgi jahon Kubogini Litva qabul qiladi.

Uchinchidan, federatsiyalarga futbolni rivojlantirish uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori oshirildi - har 4 yilda 6 million dollar.

To‘rtinchidan, La Liga o‘yinlarini AQSh hududida o‘tkazish masalasini muhokama qilish jarayonida ichki chempionat o‘yinlarini mamlakat hududida o‘tkazish tamoyiliga amal qilish tavsiya etildi.

Beshinchidan, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini isloh qilish va Dunyo Millatlar Ligasini tashkil qilish bo‘yicha berilgan taklifni muhokama qilish uchun ishchi guruhi tuziladigan bo‘ldi.

Mavzuga oid