08:27 / 31.10.2018
10192

Vatikanning Rimdagi elchixonasida inson suyaklari topildi

Foto: flickr.com/luismontanez

Vatikanning Italiyadagi elchixonasidagi binolardan birida ta'mirlash ishlari olib borilayotganda inson suyaklari topilgan. 

Elchixonaga darhol Vatikan jandarmeriyasi xodimlari yetib kelishgan, ular topilma haqida Muqaddas taxt vakillari va Italiya rasmiy idoralarini xabardor qilishgan.

Xabarda ma'lum qilinishicha, Rimning bosh prokurori “o‘lgan odamning yoshi, jinsi va o‘lgan vaqtini aniqlash” maqsadida voqea joyiga kriminal politsiya va kriminalistlarni jo‘natgan. 

Italiya OAVning yozishicha, tergovchilar ushbu suyaklar Rimda 1983 yilda sirli tarzda yo‘qolgan ikki balog‘atga yetmagan qizlardan biriga tegishli-tegishli emasligini o‘rnatishmoqchi.

Top