12:54 / 01.11.2018
8749

Yil boshidan beri oliy navli undan non 51 foizga qimmatlashdi

Foto: businessdataindex

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda oliy navli undan non yil boshidan beri 50,9 foizga qimmatlashgan. Sentyabr bilan solishtirganda, oktabr oyida non 2,5 foizga, obinon 2,6 foizga, bug‘doy uni 0,5 foizga o‘sdi.

Non mahsulotlari narxlarining asosiy qimmatlashishi joriy yilning sentabr oyida o‘rtacha 10,9%ga ko‘tarilganligi qayd etildi. Oktyabr oyi davomida esa narxlarning ko‘tarilishi borasidagi tendensiya saqlanib qoldi.

15 sentabrdan O‘zbekistonda birinchi navli undan qolipli non sotishning yangi tartibi joriy etildi - u talab va taklif asosida shakllanuvchi erkin bozor narxida sotila boshlandi.

Bu g‘alla, un va non, shuningdek, mamlakatning donni qayta ishlash sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida amalga oshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oktabr oyida tovarlar va xizmatlar narxi qanchaga ko‘tarilgani ma'lum bo‘lgandi.

Top