09:08 / 10.11.2018
12228

Kuchli jala oqibatida Ar-Riyod aeroportining tomi o‘pirilib tushdi

Foto: arabnews

Ar-Riyodda kuchli jala oqibatida aeroport tomi o‘pirilib tushdi. Natijada bino ichi suvga to‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Qayd etilishicha, Makka va Jidda shaharlarida ham yomg‘ir yog‘moqda. Qo‘shni Quvayt davlatida ham kuchli jala quyishi sababli u yerga Saudiya favqulodda xizmati xodimlari yordamga jo‘natilgan.
Arab News xabar berishicha, yomg‘irlar yakshanbagacha to‘xtamaydi.

Aholidan xavfsizlik talablariga rioya qilish, xususan sirpanchiq yo‘llarda harakatlanishda ehtiyot bo‘lish va suv bosgan hududlarga bormaslik so‘ralmoqda. 

Top