12:51 / 03.12.2018
6478

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish 3,2 baravar arzonlashdi

Foto: 123RF

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yangi davlat boji stavkalari rejalashtirilganidan ko‘ra ko‘proq kamaytirildi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat raqobat qo‘mitasining chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorini 3 baravarga kamaytirish haqidagi taklifi ma'qullangan edi.
 
Qabul qilingan hujjat bilan mazkur taklif qonunchilikka uzil-kesil tatbiq etildi. Davlat boji miqdori rejalashtirilganidan ko‘ra ko‘proq, 32 EKIHdan 10 EKIHgacha yoki 3,2 baravarga kamaytirildi. Ilgarigidek, onlayn ro‘yxatdan o‘tganda stavka ikki baravar kamaytiriladi va atigi 5 EKIHni tashkil etadi. 
 
Hujjat 28.11.2018 yildan kuchga kirdi.

Top