12:27 / 08.12.2018
5094

O‘zbekistonda ikki yilda 90ta qonun, 2 mingdan ziyod farmon va qarorlar qabul qilindi 

O‘zbekistonda ikki yilda 90ta qonun hamda 2 mingdan ziyod farmon va qarorlar qabul qilindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan ma'ruzasida aytdi.

«Keyingi ikki yilda fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, turmush sharoitlarini yaxshilash, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal etishga qaratilgan 90 ta qonun hamda 2 mingdan ziyod farmon va  qarorlar qabul qildik», - dedi u.

Qayd etilishicha, qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan 13 mingdan ortiq topshiriqlarning 20 foizi muddatida ijro qilinmagan. 

«Bu Vazirlar Mahkamasi, qator davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari rahbarlari va mahalliy hokimliklarning ishga mas'uliyatsiz yondashayotganidan dalolat bermoqda», - deya ma'lum qildi prezident.

Top