Jahon | 16:44 / 13.12.2018
14327
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi Falastin poytaxtini to‘sib qo‘ydi

Foto: AP Photo / Majdi Mohammed

Isroil harbiylari Falastinning amaldagi poytaxti Ramalloh shahrini to‘sib qo‘yishdi. Bu ikki nafar yahudiy o‘ldirilganidan so‘ng sodir bo‘ldi, deb ma'lum qildi Isroil mudofaa armiyasi vakili Yonatan Konrikus. 

Yahudiylarni o‘ldirgan shaxslar jinoyat joyidan mashinada qochib ketishgan. Ular avtobus bekatida o‘t ochishgani xabar qilinmoqda.

"Avtomobil Ramalloh yo‘nalishida g‘oyib bo‘lgan va biz shaharga kirish va chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ydik. Bu yerda qidiruv ishlarini o‘tkazamiz", - degan Yonatan Konrikus.

Ramallohda Falastin prezidenti Mahmud Abbosning qarorgohi hamda hukumat organlari va xorijiy diplomatik missiyalar joylashgan.

Mavzuga oid