15:45 / 13.12.2018
25427

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 41 foizga oshdi

Foto: drive2.ru

O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish hajmi o‘sishda davom etmoqda, bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.

Xususan, 2018 yilning yanvar-noyabr oylarida 174 570 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi, 2017 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 123 701 donani tashkil etgan. Shu tariqa, o‘sish 41 foizga teng bo‘ldi.

Yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham oshdi - 7,2 foizga (3 785 dona).

Avtobuslar ishlab chiqarish darajasi pasayishda davom etmoqda - o‘tgan 11 oy davomida 733 dona avtobus ishlab chiqarildi, o‘tgan yilning shu davrida bu raqam 915 donaga teng bo‘lgandi.

Traktorlar ishlab chiqarish keskin ko‘paydi - 760 donadan 2 976 donagacha. Qariyb 4 barobarga.

Top