18:57 / 17.12.2018
18872

Non va qandolat mahsulotlari savdo yarmarkasiga marhamat!

25-27 dekabr kunlari poytaxtimizdagi «O‘zko‘rgazmasavdo» majmuida «Non va qandolat mahsulotlari bayrami – 2018» savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Yarmarka «Non – rizq-ro‘zimiz!» shiori ostida o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazma maydoni 3500 kvadrat metrdan ortiq.100 dan ziyod ishtirokchi o‘z mahsulotini namoyish etadi.

Mehmonlar ko‘rgazma-savdolarga qo‘yilgan non va qandolatchilik mahsulotlarini tatib ko‘rishi va shu yerning o‘zida xarid qilishi mumkin.Non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy xorijiy texnologiya va uskunalar savdosi tomoshabinlarga ham, xaridorlarga ham qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, ko‘rgazma-savdo mehmonlari bayram dasturxoni uchun kerakli masalliqlarni shu yerning o‘zida xarid qilishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ko‘rgazma-savdo pavilonlarida poytaxt aholisi va shahrimiz mehmonlari uchun barcha turdagi oziq-ovqat (non va qandolatchilik, turli pishiriqlar, yangi sabzavot va mevalar, go‘sht, sut va boshqalar) mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdosi tashkil etiladi.

Ko‘rgazma-savdo bo‘limlari

Non va non mahsulotlari – yuzdan ziyod turdagi obi non, shirmoy non, patir, kulcha va hokazolar; oshxona jihozlari.

Qandolatchilik mahsulotlari:

·    Turli pishiriqlar, shirinliklar, konfet va shokoladlar, murabbo, marmelad, biskvitlar, pechene va boshqalar.

·    Ko‘rgazmaga qo‘yilgan texnologik uskunalarda non va qandolatchilik mahsulotlari tomoshabinlar ishtirokida tayyorlab ko‘rsatiladi.

Shuningdek:

- un tegirmoni (mini zavod);

- mutaxassislarning maslahati (mahorat darslari);

- masalliqni tayyorlash va pishirish;

- mahsulotni qadoqlash namoyish etiladi.

Yarmarka savdolari doirasida ishtirokchilar va mehmonlar uchun:

- turli tanlovlar va mashhur san'atkorlar ishtirokida konsert dasturlari;

- bolalar uchun qo‘g‘irchoqlar savdosi;

- «Non» va «Qand» mavzularida bolalar rasmlari tanlovi (g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshiriladi).

Shuningdek, yarmarka-savdo mehmonlariga o‘zlarining pazandalik san'atini namoyish qilish imkoniyati yaratiladi. G‘oliblarga ishtirokchi korxonalar tomonidan turli esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Yarmarka savdolariga soha korxonalari, mahalliy va xorijiy kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari, restoran va mehmonxona biznesi vakillari taklif etilgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida ushbu yarmarka bayramoldi sayyohlik dasturlariga kiritilgan.

Yarmarka tashkilotchilari:

·    «O‘zbekoziqovqatxolding» XK;

·    «O‘zdonmahsulot» AK

·    «O‘zko‘rgazmasavdo» MChJ;

·    «O‘zekspomarkaz» MChJ;

·    Toshkent shahar hokimligi

Manzil: Toshkent shahri, «O‘zko‘rgazmasavdo» paviloni

Mo‘ljal: metroning «Beruniy» bekati

Telefon:
+99895-342-22-32
+99899-495-66-63

Telegram kanal: t.me/uzexposervice
e-mail: uzexposervice@mail.ru

Reklama huquqi asosida

Top