09:42 / 23.12.2018
7650

AQShda maxsus agentlarning samolyotlarda joylashtirilishi bo‘yicha o‘zgarishlar qilindi

Foto: Bloomberg

AQShning transportdagi xavfsizlik federal boshqarmasi parvozlar vaqtida xavfsizlikni ta'minlovchi maxsus agentlarni samolyotning dum qismida joylashtirishga qaror qildi. Agentlar hozirda samolyotning old qismida joylashishadi. Bu haqda boshqarmadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ABC telekompaniyasi xabar qildi.  

Manbalarning ma'lum qilishicha, bu qaror 28 dekabrdan kuchga kiradi. Qoidalarning o‘zgartirilishi federal boshqarmaning paydo bo‘layotgan yangi chaqiriq va tahdidlarni hisobga olgan holda o‘z faoliyatini takomillashtirish istagi bilan bog‘langan. Fuqarolik kiyimida bo‘lgan va boshqa yo‘lovchilardan ajralib turmaydigan agentlarning samolyotning orqa qismida joylashtirilishi ularga shubhali shaxslar ortidan sinchkov kuzatuv olib borishga imkon beradi.   

G‘araz niyatdagi kishilar uchuvchilar kabinasiga bostirib kira olmasligi uchun maxsus agentlarni bungacha old qatorlarda joylashtirishga harakat qilingan. AQShda 2001 yil sentyabrdagi teraktlardan keyin kabina eshiklari mustahkamlangan va parvoz vaqtida yopiq holda ushlanadigan bo‘lgan.

 

Mavzuga oid
Top