Jahon | 07:54 / 28.12.2018
48650
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik ayol farzand ko‘rgan dunyodagi eng keksa ona bo‘ldi 

Foto: SWNS

Hindistonlik ayol 65 yoshida 2-farzandini ko‘rdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, bolaning otasi 80 yoshli erkak. Shu tariqa, ayol o‘zi mustaqil ravishda farzand dunyoga keltira olgan dunyodagi eng keksa onaga aylandi. Bungacha barcha rekordchi onalar sun'iy urug‘lantirish yordamidagina tug‘a olishgan.   

Nashrning ta'kidlashicha, ayol 8 yil avval o‘g‘il farzand ko‘rgan. Tug‘uruqni qabul qilgan shifokorlarning aytishicha, ona va farzand o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar va yaqin orada shifoxonadan chiqadilar.

Tug‘ruqlar bo‘yicha mutaxassis Sobira Sidiqiyning aytishicha, bunday hodisa tibbiy amaliyotda juda kam uchraydi.

Nashrning ta'kidlashicha, ayni vaqtda farzand ko‘rgan dunyodagi eng keksa ayol ham hindistonlik bo‘lib, u sun'iy urug‘lantirish yordamida 72 yoshida farzand dunyoga keltirgan. 

Mavzuga oid