00:40 / 31.12.2018
12598

«MYu» Sulsher boshchiligida g‘alabali seriyani davom ettirdi

Foto: Reuters

Angliya chempionati 20-turining so‘nggi uchrashuvi o‘tkazildi. 

Unda «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Bornmut» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi – 4:1.

Maydon egalari safida Pogba dublga erishgan bo‘lsa, Reshford hamda Lukaku 1tadan gol urdi. Mehmonlarning yagona goli Ake tomonidan kiritildi.

Avvalgi ikki turda Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi jamoa «Kardiff» (5:1) va «Haddersfild»ni (3:1) mag‘lubiyatga uchratgandi.

Shu tariqa, Sulsher klub tarixida Angliya chempionatida debyutdagi uch uchrashuvda g‘alaba qozonish bo‘yicha Mett Basbi va Joze Mourino tomonidan o‘rnatilgan rekord natijalarni takrorladi. 

Norvegiyalik mutaxassis 19 dekabr kuni «Yunayted»ga bosh murabbiy etib tayinlangandi, u 18 dekabr kuni qoniqarsiz natijalar uchun iste'foga chiqarilgan Mourino o‘rnida ish boshladi.

20 tur o‘yinlaridan keyin «qizil iblislar» 35 ochko to‘plagan holda oltinchi o‘ringa joylashgan. Jamoa beshinchi o‘rindagi «Arsenal»ni 3 ochkolik farq bilan ta'qib qilmoqda.

Angliya chempionati
20-tur
Manchester Yunayted – Bornmut 4:1 (3:1, 1:0)

Gollar: 1:0 – 5 Pogba, 2:0 – 33 Pogba, 3:0 – 45 Reshford, 3:1 – 45 Ake, 4:1 – 72 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Bayi, Lindelef, Shou, Errera (Pereyra, 76), Matich, Lingard, Pogba, Marsyal (Djons, 82), Reshford (Lukaku, 70).
Bornmut – Begovich, Kuk, Ake (Mingz, 82), Deniels, Ayb, Bruks (Musse, 66), Serman, Stanislas, Riko, King, Uilson (Freyzer, 66).
Ogohlantirishlar: Yang (36), Errera (51).
Chetlatish: Bayi (79).

Turnir jadvali

Nazvaniye
Top