12:10 / 31.12.2018
12241

Rossiya TIV turli mamlakatlarda namoyish va ish tashlashlar bo‘lishi haqida ogohlantirdi

Foto: RIA Novosti

31 dekabr kuni qator mamlakatlarda ish tashlash va namoyishlar bo‘lib o‘tadi, deb ogohlantirdi Rossiya TIV krizis markazi.

Ma'lum qilinishicha, Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida mahalliy vaqt bilan soat 22:00da Sogo savdo markazi binosi oldida namoyish bo‘lib o‘tadi, yuqori darajadagi xavfsizlik choralari ko‘riladi.

Buyuk Britaniyada "South Western Railway" temiryo‘l kompaniyasi xodimlarining ish tashlashlari munosabati bilan poyezdlar harakatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Fransiyaning Parij shahrida "sariq nimchalilar"ning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tadi. Namoyishchilar Yelisey maydonida to‘planishlari rejalashtirilgan. Tartib posbonlari bilan to‘qnashuvlar yuz berishi taxmin qilinmoqda.

Braziliyada 1 yanvar kuni prezident inauguratsiyasi marosimi bo‘lib o‘tishi tufayli yuqori darajadagi xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Rasmiy tadbir Brazilia shahridagi Kafedral ibodatxonasida mahalliy vaqt bilan soat 15:00da boshlanishi xabar qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top