Light | 01:44 / 04.01.2019
30288
3 daqiqa o‘qiladi

Charchaganda, jahl chiqqanda, tushkunlikka tushganda - Leonardo da Vinchining fikrni jamlash usuli

Leonardo da Vinchining fikrni jamlash usuli psixolog maslahatiga qaraganda yaxshiroq ta'sir qiladi.

Uyg‘onish davrining asosiy daholaridan biri Leonardo da Vinchi nafaqat san'at va ilm-fan, balki psixologiyada ham yodnoma asarlar yaratdi. Rassom bo‘yoqlar va mo‘yqalam yordamida aql va qalbni davolashning oddiy mexanizmini tasvirlagan. O‘z uslubiga u jami 23 bandni kiritdi.

Zamonaviy ruhshunoslar da Vinchi haq ekanini qayd etishmoqda. Bu aql, asab va ruhiyatdagi zo‘riqishni olish usuli deyarli barcha holatlarda haqiqatan ham ish beradi.

Charchadingizmi — gullar rasmini chizing.

Jahlingiz chiqdimi — chiziqlar chizing.

Og‘riq bormi — yasang.

Zerikdingizmi — bir parcha qog‘ozni turli gullar bilan to‘ldiring.

Xafamisiz — kamalak rasmini chizing.

Xavotirni his etyapsizmi — qo‘g‘irchoq yasang.

Qo‘rqyapsizmi — makrame to‘qing yoki matodan applikatsiya yasang.

Achchiqlanyapsizmi — qog‘ozni mayda bo‘laklarga bo‘ling.

Xavotirlanyapsizmi — origami taxlang.

Bezovtalanyapsizmi— naqshlar chizing.

Eslash kerakmi —labirintlar chizing.

Hafsalangiz pir bo‘ldimi — rasm nusxasini chizing.

Tushkunlikka tushdingizmi— yo‘l rasmini chizing.

Biror narsani tushunish kerakmi — mandallar chizing.

Kuchni tezda tiklash zarur — manzarani chizing.

Tuyg‘ularingizni tushunish kerak —avtoportret chizing.

Holatni eslab qolish zarur — rangli dog‘larni chizing.

Fikrlarni tizimlash zarur bo‘lsa — ari ini yoki kvadrat chizing.

O‘zingiz va istaklaringizga oydinlik kiritishni istaysiz — kollaj tayyorlang.

Fikrni jamlash kerak — nuqtalar bilan chizing.

Vaziyatdan optimal chiqishni izlash uchun — to‘lqin va doiralar chizing.

“Tiqilib qolganingizni” his etyapsiz va oldinga harakat qilish kerak — spirallar chizing.

Maqsadga fikrni jamlash uchun — to‘r va nishonlar chizing.

Mavzuga oid