11:40 / 07.01.2019
13033

2018 yilda davlat hokimiyati organlariga byudjyetdan qariyb 3 trln so‘m ajratildi, shundan 2,5 trln so‘m - ish haqi

Foto: KUN.UZ

2018 yilda davlat hokimiyati, boshqaruvi va prokuratura organlari, sudlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun davlat byudjyetidan ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Tashkilotlar orasida davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, prokuratura va adliya, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ijtimoiy moslashuv markazlari, qabullar uylari bor. Shuningdek, elchixona va konsullik uylarini saqlash xarajatlari, statistika ishlarini bajarish uchun davlat buyurtmasi xarajatlari, siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish xarajatlari, fuqarolik jamiyati institutlari, NNT va NTlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham mavjud.

Jami mablag‘ - 2 987,0 mlrd so‘m, shundan ish haqi va YaIT - 2 503,8 mlrd, tashkilotni saqlash uchun boshqa xarajatlar - 483,2 mlrd so‘m.

Mavzuga oid
Top