20:38 / 07.01.2019
24363

Xabib Nurmagomedov o‘zidan ancha tajribali Fyodor Yemelyanenkoga maslahat berdi

Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) chempioni Xabib Nurmagomedov hozirda Bellator gran-prisi finaliga tayyorgarlik ko‘rayotgan Fyodor Yemelyanenkoga maslahat berdi. 

Avvalroq Instagram’da Yemelyanenkoning Niderlandiyadagi mashg‘ulotlar vaqtidagi sparringi videosi joylashtirilgan. Nurmagomedov ushbu videoga izoh qoldirgan.

“Shlem foydadan xoli bo‘lmasdi, bu tayyorgarlik vaqtida juda muhimdir”, deb maslahat bergan Xabib ancha tajribali hamkasbiga.

Yemelyanenkoning Rayan Beyderga qarshi final jangi 26 yanvarda Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top