10:39 / 08.01.2019
24672

Putin harbiy o‘tmishi haqida so‘zlab berdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy o‘tmishi haqida so‘zlab berdi. Putin Petropavlovsk qal'asiga tashrifi vaqtida zambarakdan o‘q uzishda ishtirok etgandan so‘ng Rossiyaning faxriy quruvchisi, peterburglik Vladimir Bendet bilan uchrashdi. 85 yoshini qarshilayotgan qariya Putinga armiyadagi xizmati, u yerda leytenant unvonigacha xizmat qilgani haqida so‘zlab bergan. Putin bunga javoban u ham artilleriya qo‘shinlarida leytenant unvonini olganini ma'lum qilgan. 

Rossiya rahbarining aytishicha, u gaubitsali artilleriyani boshqaruvchi vzvodga sardorlik qilgan.  

Ochiq manbalardan shu ma'lumki, Putin KGBdan 1991 yilda podpolkovnik unvonida bo‘shagan.

Top