17:47 / 17.01.2019
12995

«Real» darvozaboni Angliya klubiga o‘tdi

Foto: Leeds United

«Real» darvozaboni Kiko Kasilya faoliyatini «Lids Yunayted»da davom ettiradi. 

Ingliz klubi 32 yoshli ispaniyalik bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Avvalroq, Kasilya «Lids»ga bepul o‘tishi va uning maoshi miqdori «Real»dagidek bo‘lib qolishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Kasilya «Real»da Kurtua va Navasdan keyin uchinchi darvozabon bo‘lib qoldi va birorta o‘yin o‘tkazmadi. 

«Lids» 27 turdan so‘ng, 54 ochko bilan Chempionship jadvalini boshqarib turibdi.

Mavzuga oid
Top