15:12 / 23.01.2019
12878

Besh davlat Donetskdagi samolyot halokatiga aybdorlarni ta'qib qilishni moliyalashtirishga qaror qildi

Foto: Global Look Press / Ria Novosti / ZUMAPRESS.com

Avstraliya, Niderlandiya, Belgiya, Malayziya va Ukraina vakillari MH17 reysi bilan parvoz qilgan Boeing 777 samolyoti halokatiga aybdor deb topilgan shaxslarni ta'qib qilishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini tuzishni ko‘zda tutuvchi memorandum imzoladi. 

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun memorandum qatnashchilari moliyaviy nazorat qo‘mitasini tuzishga kelishib olishdi. Unga mazkur besh davlat vakillari kirdi. Bundan tashqari, ushbu halokatda hech bo‘lmaganda bir nafar fuqarosi halok bo‘lgan boshqa davlatlar vakillari ham qo‘mitaga a'zo bo‘lishi mumkin.  

Besh davlat vakillari samolyot halokatiga aloqadorlikda gumon qilinganlarning ayblarini isbotlash bilan bog‘liq ilmiy va boshqa tadqiqotlarni hamkorlikda moliyalashtiradigan bo‘ldi. 

Bunda prokurorlar, sudya va guvohlarni himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlar faqatgina Niderlandiya hukumati tomonidan qoplanadi. 

Boeing 777 samolyoti 2014 yil 17 iyulda Donetsk yaqinida urib tushirilgan va o‘shanda 298 kishi halok bo‘lgandi.

Top