16:52 / 28.01.2019
4881

Buxoroda muzey va tarixiy obektlarda bepul WI-FI, qo‘riqxonaga audiogid tizimi o‘rnatildi

Madaniy meros obektlari va davlat muzeylarida smart-texnologiyalarini amalda rivojlantirish maqsadida Buxoro davlat muzey- qo‘riqxonasi tizimidagi «Ark»​ viloyat o‘lkashunoslik muzeyida audiogid joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi Kun.uz'ga ma'lum qilgan. 

Ma'lum qilinishicha, Ark qo‘rg‘oni haqida ma'lumot beruvchi ekskursiya matnlari o‘zbek, rus, ingliz tillarida tayyorlanib, ovozlashtirilgan. 

«Tizim 9 bo‘limdan iborat bo‘lib, Ark qo‘rg‘oni tarixi  va undagi ekspozitsiyalar, eksponatlar to‘g‘risida ma'lumot beradi. Ushbu innovatsion texnologiyaning afzallik jihati shundaki, uni buyurtma qilgan sayohatchi Ark qal'asi tarixi haqidagi aniq va asoslangan tarixiy ma'lumotlarga hamda viloyat o‘lkashunoslik muzeyida namoyishga qo‘yilgan noyob, nodir ashyolar to‘g‘risida ma'lumotlarga  ega bo‘ladi»​, –​ deyiladi axborotda.  

Shuningdek, muzey-qo‘riqxona tizimidagi «​Ark»​ viloyat o‘lkashunoslik muzeyi va «​Sitorai Mohi-Xossa»​ xalq amaliy bezak san'ati muzeylarining 3D virtual muzey dasturi tayyorlandi. Viloyat telekommunikatsiya tizimi tomonidan muzeylarda va tarixiy obektlarda bepul WI-FI tizimi joriy​ etildi​.

Top