00:49 / 30.01.2019
5676

Jibutida qayiqlar to‘ntarilishi oqibatida 130 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qoldi 

Jibuti qirg‘oqlari yaqinida muhojirlar bo‘lgan 2 qayiq to‘ntarilishi oqibatida 130 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qoldi, 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti xabarida ma'lum qilingan. 

Ta'kidlanishicha, voqea 29 yanvar ertalab mamlakat shimolidagi Obok viloyati yaqinida yuz bergan. Voqea haqida politsiyaga mahalliy aholi xabar bergan. Qayiqlar cho‘kkan joyda 2 erkak va 3 ayolning jasadi hamda tirik qolgan 2 kishi topilgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, qayiqlar yo‘lga chiqqandan yarim soat o‘tib to‘ntarilgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top