17:10 / 25.02.2019
6314

«Lokomotiv»ning OChLdagi raqibi bosh murabbiy Slaven Bilichni iste'foga chiqardi

Foto: REUTERS / Alex Morton

Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi bosh murabbiy Slaven Bilichni ishdan bo‘shatdi. Klub matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, uning o‘rniga chililik Xose Luis Serra tayinlangan.

50 yoshli Bilich «Al-Ittihod»ni 2018 yil sentabr oyida qabul qilib olgandi. 21-turdan keyin jamoa ichki chempionatda 16 klub orasidan 15-o‘rinni egallab turibdi.

Ma'lumot uchun, yangi tayinlangan Xose Luis Serra uchun «Al-Ittihod» begona klub emas - u 2016-2018 yillarda to‘liq ikki yil bu jamoada bosh murabbiy bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Jidda shahri klubi Osiyo Chempionlar ligasida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi bilan bir guruhda kurash olib boradi. Ular aprel oyida bo‘lib o‘tadigan 3-4-turlar doirasida dastlab Jiddada, so‘ng Toshkentga kurash olib borishadi. Guruhdan, shuningdek, BAAning «Al-Vahda» va Qatarning «Ar-Rayyan» klublari o‘rin olgan.

Top