O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari keskin o‘sdi
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari to‘rt oydan beri o‘sib kelmoqda, bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.
2019 yil 1 mart holatiga ko‘ra yalpi oltin-valuta zaxiralari hajmi 28 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Undan 13,2 mlrd dollar - xorijiy valutadagi aktivlar, 14,4 mlrd dollar - monetar oltin. Sof oltin-valuta zaxiralari hajmi 27,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, fevral oyida yalpi oltin-valuta zaxiralari hajmi 27,2 mlrd dollar, xorijiy valutadagi aktivlar 12,6 mlrd dollar, monetar oltin hajmi 14,5 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Sof oltin-valuta zaxiralari 26,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Yil boshidan beri sof zaxiralar qariyb 1 mlrd dollarga o‘sdi (1 yanvarda 26,3 mlrd dollar bo‘lgan).
Mavzuga oid
18:58 / 07.12.2024
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari iyundan beri birinchi marta kamaydi
16:02 / 11.05.2024
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
12:11 / 02.08.2023
Yerning bir yillik tabiiy resurslari shartli zaxirasi 7 oyda tugadi
10:17 / 25.07.2023