00:42 / 22.03.2019
23501

Video: Iroqda parom cho‘kishi qurbonlari soni 93 kishigacha oshdi

Iroqdagi Tigr daryosida parom cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 93 nafargacha oshdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi

Al Sumaria telekanalining ma'lum qilishicha, fojiaga aloqadorlik gumoni bilan 9 kishi ushlangan.  

Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy darhol tergov o‘tkazishni buyurgan. 

Dastlabki versiyaga ko‘ra, paromning cho‘kishiga uning me'yoridan 3 marta ko‘p yuklangani sabab bo‘lgan. Arab telekanallari ma'lumotlariga ko‘ra, parom bortida 170 dan 250 gacha kishi bo‘lgan bo‘lishi mumkin, vaholanki u 75 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lgan. Qurbonlar ko‘pligi ulardan ko‘pchiligi bolalar bo‘lgani va kuchli oqim bilan tushuntirilmoqda.

Mavzuga oid
Top