10:02 / 27.03.2019
26304

Er-xotin 56 yil birgalikda hayot kechirib, bir kunda vafot etdi

Foto: Facebook

AQShning Michigan shtatidan bo‘lgan er-xotin, Judi va Uill Uebb 56 yil birgalikda hayot kechirganidan so‘ng bir kunda vafot etishdi. Bu haqda ABC News xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, er-xotinning o‘limi kasalxonada bir necha soatlik farq bilan sodir bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, hayot bilan vidolashishdan oldin er-xotin bir-birining qo‘llarini ushlab olishgan.

Aniqlik kiritilishicha, Judi va Uill Uebb 14 yoshdan tanish bo‘lganlar.

Bundan oldin, birgalikda 70 yil hayot kechirgan er-xotin bir kunda vafot etgani xabar qilingandi.

Top