23:05 / 28.03.2019
23766

«Barselona» tarixidagi eng chiroyli gol aniqlandi

Lionel Messining Ispaniya Kubogi 2006/07 mavsumining yarimfinalida «Xetafe» darvozasiga kiritgan to‘pi «Barselona» tarixidagi eng chiroyli gol deb topildi.

Muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada bu gol 45% ovoz to‘plab, birinchi bo‘ldi. 

Qayd qilish joizki, keyingi ikki o‘rin ham Messining gollariga nasib qildi. Ispaniya Kubogi 2014/15 mavsumi finalida «Atletik» darvozasiga urilgan gol (28%) ikkinchi, Chempionlar Ligasi 2010/11 mavsumida «Real» darvozasiga kiritilgan to‘p (16%) uchinchi bo‘ldi.

So‘rovnoma uch oy davom etdi va unda 160 mamlakatdan 500 mingdan ortiq muxlis ishtirok etdi.

Mavzuga oid
Top