Bosh prokuratura Jizzaxda sodir bo‘lgan qotillik bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
2019 yil 4 aprel kuni soat 13:30 larda Sh.Rashidov tumani, "Eski Toshkentlik" mahallasida yashovchi T.M. fuqaro Sh.A.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, uning Jizzax shahrida joylashgan ish joyiga borgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu shaxs undan o‘z xotinini rashk qilib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng bo‘yin va ko‘krak sohasiga urib, voqea joyidan yashiringan.
Sh.A. olgan tan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan.
Shu kunning o‘zida Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, zudlik bilan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida T.M. ushlangan.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
16:51 / 16.12.2024