Jahon | 12:41 / 15.04.2019
21230
1 daqiqa o‘qiladi

Anjyelina Joli va Bred Pitt ajrashishdi

Foto: Mega

Anjyelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashishdi, deb xabar bermoqda The Blast portali.

Sud 12 aprel kuni ajrashganlik maqomini tiklash bo‘yicha aktyorlarning murojaatini ma'qulladi. Shu bilan birga, ushbu qaror sobiq er-xotinga bir necha oyga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan, bolalar ustidan vasiylik va mol-mulkni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim yuzasidan ishlashga imkon beradi.

Nashr manbalari ma'lumotiga ko‘ra, Joli va Pitt uch yildan beri davom etayotgan ajrashish jarayonini kelishuvga erishishdan avval ruhan charchashgani tufayli yakunlashga qaror qilishdi.

Gollivudlik aktyorlar 2014 yilda oila qurgan, to‘y Fransiyadagi ularga tegishli Miraval qal'asida bo‘lib o‘tgan. Ular uch nafar farzand ko‘rishdi, shuningdek, uch farzandni asrab olishdi.

Mavzuga oid