Fan-texnika | 17:35 / 10.06.2019
12290
1 daqiqa o‘qiladi

Android smartfonlarida avvaldan o‘rnatilgan virus borligi aniqlandi

Foto: Shutterstock

Google  xakerlar Android smartfonlariga ishlab chiqarish bosqichidayoq virus o‘rnatishganini aniqladi. Xakerlar qurilmada reklama joylashtirish va spam xabarlar jo‘natishga mo‘ljallangan Triada dasturlaridan foydalanishgan.

Google xakerlar dastur yaratuvchilari bilan qanday hamkorlik qilishgani va smartfonlarga qanday yo‘l bilan virusni joylashtirishganini ma'lum qilmagan. 

Yashirin virusni smartfonni ishlab chiqarishda yoki yangilanishlarni ko‘chirish vaqtida o‘rnatish mumkin.  

Ekspertlarning aytishlaricha, Triada yordamida mobil qurilmalardan bank kartalari haqidagi ma'lumotlarni, shaxsiy yozishma va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash mumkin. Ushbu dastur Leagoo M5 Plus, Leagoo M8, Nomu S10 va Nomu S20 smartfonlarida mavjudligi aniqlangan.  

Mavzuga oid