Jamiyat | 15:12 / 12.07.2019
4637
4 daqiqa o‘qiladi

«ASIA ALLIANCE BANK» ko‘magi bilan Qashqadaryoda 24 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Ma'lumki, Muhtaram Prezidentimizning «Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3651-sonli Qarori asosida maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan.

Mazkur belgilangan vazifalarni ijrosini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish Davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va «ASIA ALLIANCE BANK» ATB o‘rtasida, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bitimlarga asosan maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish uchun umumiy qiymatda 20,040 mlrd. so‘m miqdorida kelishuvlar rasmiylashtirildi.

Ushbu kelishuvlarga asosan jamg‘armadan jami 20,040 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘liq jalb qilindi va Qashqadaryo viloyatida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini moliyalashtirish uchun mavjud 30 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bitimlar bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish uchun bankning Qarshi filiali tomonidan mablag‘ ajratildi.

Bugungi kunda tashabbuskorlar tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etilishi belgilangan obektlarda rejalashtirilgan qurilish, ta'mirlash va jihozlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida bugungi kunda 24 ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tegishli litsenziyalar asosida o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Xususan, Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bitimlarga asosan 3,7 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirildi. Shundan, mazkur tumanning «Yoshlik» MFYda «Jozibali ovoz-teremok» NMT nomli tashabbuskorning nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish loyihasi uchun 3,0 mlrd. so‘m yoki ushbu tumanga yo‘naltirilgan mablag‘ning 81 foiz mablag‘lari ajratildi.

Hozirda ushbu muassasa bank mablag‘lari hamda tashabbuskorning o‘z mablag‘lari hisobidan faoliyatini boshladi.

Muassasa zamon talablariga mos holda 180 ta bolalarga ta'lim berishga moslab jihozlangan bo‘lib, bunda bolajonlar katta hayotga qadamlarining dastlabki onlarini mazmunli o‘tkazishlari, yangidan-yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, sog‘liqlarini chiniqtirib borishlari, turli-tuman qiziqarli tugaraklarda ishtirok etishlari va o‘z navbatida belgilangan mezonlar asosidagi mazali taomlarni iste'mol qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan.

Ta'kidlash lozimki Davlatimiz rahbarining yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilayotganligi tahsinga sazovordir. Mamlakatimiz kelajagi uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanishiga shak-shubha yo‘qdir.

Albatta biz oldimizga qo‘yilgan vazifalar ijrosi hali yetarli darajada emas, bu sohada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Shu sababli, bankimiz tomonidan bu boradagi ishlarni jadallashtirgan holda zaruriy chora-tadbirlarni ko‘rib borishimizni talab etadi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid