Jamiyat | 17:00 / 13.07.2019
31049
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Aloe Health ichimligi Halol standartini oldi

Aloe Vera o‘simligi shifobaxshligi, ko‘plab dardlarga davoligi bilan yaxshi ma'lum. Yurak, qon-tomir, asab va oshqozon kasalliklarida shifokorlar ayni o‘simlikdan tayyorlangan dorilarni tavsiya qilishadi. Bundan tashqari, ko‘z kasalliklarini davolashda, immun tizimini mustahkamlash, ozish va kosmetologiyada ayni o‘simlik ekstraktlari qo‘l keladi.

Shu bilan birga, so‘nggi vaqtlarda ushbu shifobaxsh o‘simlikning tabiiy ekstraktidan tayyorlangan mazali ichimliklar supermarketlar va do‘konlar peshtaxtalarida paydo bo‘ldi. Bu esa, aholi tomonidan xush qarshi olindi. Chunki shifobaxsh ichimlikni ma'lum bir miqdorda doimiy ravishda iste'mol qilib yurish yuqorida qayd etilgan xastaliklarga chalinishning oldini oladi.

Biroq ko‘p hollarda, iste'mol qilayotgan mahsulotlar tarkibi qanchalik ishonchli va halol mahsulotlardan tarkib topgan, degan savol ko‘pchiligimizni qiynaydi. Yorliqlardagi aksariyatimiz uchun tushunarsiz bo‘lgan kimyoviy so‘zlar va atamalarning kelib chiqish manbasi muqaddas Islom dini talablariga mosmi deya, istagan mahsulotni xarid qilishda ikkilanib qolamiz.

Bu muammoning birgina yechimi bor – u ham bo‘lsa ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘z mahsulotlari uchun HALAL xalqaro sertifikatini olishidir. Shu birgina sertifikatning xalqaro tashkilot tomonidan taqdim etilishi ishlab chiqaruvchi mahsulotlarining ishonchliligini bir necha karra oshiradi va isbotlaydi.

O‘zbekistonda ham turli ishlab chiqaruvchilar ayni shu qoidaga rioya qilgan holda HALAL xalqaro sertifikatini olishmoqda va ularning soni kun sayin ortib boryapti. Shunday korxonalardan biri Aloe Health shifobaxsh ichimliklarini ishlab chiqaruvchi Life Aloe firmasi bo‘ldi.

Turkiyaning TÜRCERT Sertıfıkasyon merkezı tomonidan 2019 yil 21 may kuni taqdim etilgan №171510-raqamli sertifikati bilan Life Aloe ishlab chiqarayotgan uch tasnifdagi 20dan ortiq ichimliklarga HALAL xalqaro sertifikati berildi. Bu esa, ushbu firma mahsulotlari nafaqat ishlab chiqarish bo‘yicha Islom dini talablariga, balki eng yuqori standartlarga javob berishini, tarkibiy mahsulotlar eng sara mahsulotlar ekanini anglatadi.

Life Aloe ishlab chiqarayotgan Aloe Health ichimligi o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan organizmda vujudga keladigan ayrim ko‘ngilsizliklarning oldini olishga yordam beradi.

Aloe Health – toza aloe vera o‘simligining sharbatidan tayyorlangan tabiiy ichimlik. Endilikda mazkur ichimlikni hech qanday xavotirlarsiz va halolligiga shubha qilmasdan xarid qilishingiz, o‘zingiz, oilangiz va mehmonlarga ekologik toza hamda sifatli tabiiy mahsulotni taqdim etishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Aloe Health ichimliklar to‘plami organizmdagi toksinlarni chiqarib tashlaydi va jismni tozalaydi. Aloe Health ichimligini kunning ikkinchi yarmida ichsangiz, immunitet tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi: viruslar bilan kurashuvchi leykotsit va makrofaglar faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, ichimlik bosh og‘rig‘i va charchoqda ham yaxshi foyda beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, Aloe Health insonning umumiy holatini tabiiy yo‘l bilan yaxshilashga ko‘maklashuvchi shifobaxsh suvdir. Xususan,

• Oshqozon-ichak trakti ishini yaxshilaydi;

• Hazm qilish tizimini yengillashtiradi;

• Ortiqcha vazn yig‘ishga yo‘l qo‘ymaydi;

• Diareya, qabziyat, gaz yig‘ilishi muammolarini bartaraf etadi;

• Insonni tetiklashtiradi va yaxshi kayfiyat ulashadi.

Ma'lumot o‘rnida: Aloe Health ichimliklari Janubiy Koreya texnologiyasi asosida O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.

Murojaat uchun telefon: +99897 744-44-33

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid