Jahon | 13:37 / 25.07.2019
14072
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik ayolning oshqozonidan 1,5 kilogrammdan ortiq zargarlik buyumlari va tangalar chiqarib olindi

Foto: Pixabay

Hindistonlik jarrohlar G‘arbiy Bengaliya shtatida 26 yoshli bemor ayolning oshqozonidan 1,5 kg.dan ortiq tanga va zargarlik buyumlarini chiqarib oldi. NDTV telekanalining xabar berishicha, ayol zargarlik buyumlarini shu tarzda yashirishga qaror qilgan. 

Ruhiy kasallikka chalingan ayolning ichidan topilgan qimmatbaho buyumlar ro‘yxati chindan ham hayratlanarli: 5 va 10 rupiy qiymatdagi 90ta tanga, zanjirlar, burun uzuklari, sirg‘alar, bilaguzuklar va hattoki qo‘l soatlari. Qanday qilib bunday buyumlardan ba'zilarini yutish mumkinligining o‘zi ajablanarli.

«Biz zargarlik buyumlari g‘oyib bo‘layotganini payqadik. Ammo har safar undan bu haqda so‘raganimizda, u yig‘lay boshlardi» - dedi noodatiy bemorning onasi. Ma'lum bo‘lishicha, yosh ayol ovqatlanish vaqtida o‘z xazinalarini «yashirgan».

Jabrlanuvchining oilasi boy emas va zargarlik buyumlari asosan misdan bo‘lgan, ammo bir nechta tilla buyumlar ham topilgan.

Mavzuga oid