Abdulaziz Komilov Yaponiya TIVning maxsus vakili bilan muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Yaponiya TIVning Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Hideki Uyamani qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qildi, deyiladi TIV xabarida.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik deyarli barcha yo‘nalishlarda barqaror va o‘suvchan ahamiyat kasb etishi hamda o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslanishi qayd etilgan. Davlatlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan tomonlarning mavqelari mos kelishi va yondashuvlarining o‘xshashligi ta'kidlangan.
Iyul oyining birinchi yarmida Tokio shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Yaponiya va Yaponiya – O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishining, O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Yaponiya vazirlik va idoralari, yetakchi ishlab chiqarish va moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlarining muvaffaqiyatli yakunlari mamnuniyat bilan e'tirof etildi, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda yilning ikkinchi yarmida bo‘ladigan oliy va yuqori darajalardagi uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi bo‘yicha fikr almashilgan.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston va Yaponiya tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 17-raundi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Yaponiya TIVning Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha maxsus vakili Hideki Uyama boshchiligidagi delegatsiyalar ikki tomon kun tartibining keng ko‘lamli masalalari yuzasidan fikr almashdi, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamda BMT, boshqa global va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
20:50 / 23.12.2024
Yaponiyada sun’iy gravitatsiyaga ega Oy majmuasi prototipi quriladi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
20:30 / 21.12.2024