Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi mazmundagi 197-5-moddani kiritish taklif etilmoqda:

“197-5-modda. Jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish.

Jurnalistning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etishda ifodalangan tarzda to‘sqinlik qilish, shuningdek, jurnalistga tazyiq o‘tkazish, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik —

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.

«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonuniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin:

2-moddaning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“bloger — xabar va materiallarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs”.

12-1-modda («Erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish») quyidagi bandlar bilan to‘ldiriladi:

“Bloger o‘z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

  • ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va tarqatish;
  • axborotni to‘plash, tahlil etish, tahrir qilish, tayyorlash va tarqatish;
  • axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;
  • davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalana olish;