12:06 / 05.08.2019
7705

Noqonuniy «dorifurushlar» faoliyatiga chek qo‘yildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

“Toshkent” xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqarolar M.M., A.A. va P.D yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tekshiruv jarayonida ushbu shaxslarning yuklari orasidan bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan jami 772 dona “Montalin” hamda “Samyun Wan” nomli sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Top