Ichida 52 nafar o‘zbekistonlik yonib ketgan avtobusning egasi 3 yilga qamaldi
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida ichida O‘zbekistonning 52 fuqarosi yonib ketgan avtobus egasi Orduxan Mextiyev 3 yillik qamoq jazosi oldi. Bu haqda sudda ma'lum qilindi.
Sudlanuvchi jazo muddatini minimal xavfsizlikdagi jazoni ijro etish muassasasida o‘taydi.
O‘zbekistonliklarning o‘limiga olib kelgan o‘sha mudhish voqea 2018 yil 18 yanvarda Oqto‘be viloyatida yuz bergandi. Voqea oqibatida 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, 5 erkak, jumladan haydovchilar tirik qolgan. Avtobus egasi – qozog‘istonlik Orduxan Mextiyev voqeadan keyin qochib ketgan va xalqaro qidiruvga berilgan. U 2018 yil 1 dekabrda Toshkentda ushlanib, Chimkentga ekstraditsiya qilingan.
Ayblanuvchi transport vositasining yonishi va 52 kishining o‘limiga olib kelgan texnik nosozlikka ega avtobusdan qonunga xilof ravishda foydalanishda ayblangan.
Ushbu ish bo‘yicha 5 kishi, jumladan uch haydovchi – Barat Tanatov, Nurjan Kirgizbayev, Maksat Pernebekov va avtobuslarning reys oldi ko‘rigiga javob beruvchi “Aziya tranzit servis” MChJ ta'sischisi Nurlibek Telepbayev va mexanigi Bahodir Perdebayev ayblanuvchilar deb topilgan. 2018 yil noyabrda haydovchilar 5 yillik, ta'sischi va mexanik 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
Mavzuga oid
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024
Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi
16:30 / 13.12.2024
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev hayotiga oid ma’lumotlar maxfiylashtiriladi
21:59 / 11.12.2024