19:51 / 31.08.2019
0
25240

«Iskander» raketasining parvozi va nishonni qanday yo‘q qilishi namoyish etildi

Rossiya mudofaa vazirligi YouTube videoplatformasida «Iskander» operativ-taktik raketa majmuasi raketasining o‘quv-jangovar parvozi videosini namoyish etdi.

Lavhada raketaning parvozga tayyorlanishi, parvoz qilishi va o‘quv nishonini yo‘q qilishi tasvirlangan.

Raketa sharqiy harbiy okrug raketachilari tomonidan uchirilgan.

Mudofaa vazirligining qayd etishicha, nishon «shartli dushmanning o‘ta muhim obekti»ni ifodalagan va yo‘q qilingan.

Video: YouTube

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top