14:30 / 21.09.2019
0
5642

Rashid Qurbonov yarim finalga chiqdi

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. 

-79 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rashid Qurbonov chorak finalda armanistonlik Grigor Grigoryan bilan bellashdi. Teng kuchlar ostida kechgan bahsda 8:8 hisobi qayd etildi, qoidaga ko‘ra so‘nggi ochkoni qo‘lga kiritgan sportchi g‘olib deb topildi, bu ochko esa Qurbonovniki edi va u yarim finalga chiqdi.

Endi u final ostonasida amerikalik Kayl Duglas Deyk bilan kurashadi.

-97 kg vazn toifasidagi Magomed Ibragimov  chorak finalda amerikalik Kayl Snayderga mag‘lub bo‘ldi - 3:13. Endi amerikalik sportchi yarimfinalga chiqsa, Ibragimovda Olimpiada yo‘llanmasi va bronza uchun kurashish imkoniyati yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekiston erkin kurash jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Abbos Rahmonov esa chorak finalda rossiyalik Magomedrasul Idrisovga 0:11 hisobida yutqazdi. Endi rossiyalik kurashchi finalga yetib borsa, Abbos Rahmonov bronza uchun kurashishi mumkin bo‘ladi.

-86 kg vazn toifasidagi Jabroil Shapiyev esa bronza uchun kurashmaydigan bo‘ldi. Uni nimchorak finalda mag‘lub etgan Artur Naifonov yarim finalda eronlik Hassan Yazdoniycharatiga mag‘lub bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, bugun bo‘lib o‘tayotgan musobaqalardagi faqat -86 va -97 kg vazn toifalari Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top