Toshkent va Samarqanddagi mebel sexlarida yong‘in sodir bo‘ldi
2019 yilning 25 sentabr kuni soat 19:02 da Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi 173-A-uyda joylashgan “Avtomagistral yo‘l qurilish tiklash boshqarmasi” DUK hududida ijarada bo‘lgan “Oyimsara mebel” XKga qarashli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga sakkizta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 9 daqiqada yetib borganda, mebel ishlab chiqarish sexi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan.
Yong‘in soat 19:53 da o‘rab olinib, 20:28 da bartaraf etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 580 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida mebel ishlab chiqarish sexining 320 kv. metr maydoni yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shuningdek, 2019 yilning 25 sentabr kuni soat 14:08 da “Qavola” MFYda joylashgan “Zar mebel” oilaviy korxonasiga qarashli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida Samarqand shahar yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Xabar asosida yong‘inni bartaraf etilishiga to‘rtta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar voqea joyiga 12 daqiqada yetib borganda, «Zar mebel» OKga qarashli mebel ishlab chiqarish sexining ichki qismi quyuq qora tutun bilan qoplangan holda ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan.
Yong‘in soat 14:45 da o‘rab olinib, 16:10 da bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sexining 95 kv.metr maydonda tomi, ichki qismi, jihozlari va tayyor mahsulotlari yonib zararlangan.
Yong‘inni taxminiy sababi - ishlab chiqarishda texnologik reglamentning buzilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
21:23 / 21.12.2024