18:30 / 29.09.2019
0
18996

Eron AQShdan 50 mlrd dollarlik kompensatsiya talab qildi 

AQSh sanksiyalardan yetkazilgan zarar uchun Eronga kamida 50 mlrd dollar to‘lashi lozim. Shu shart bilangina Tehron yadro kelishuviga qaytadi. Bu haqda Eronning qabul qilinayotgan qarorlar maqsadga muvofiqligini belgilovchi kengashi kotibi Muhsin Rizoiy ma'lum qildi. 

“Agar amerikaliklar yadro bitimini tiklashmoqchi bo‘lsa, unga qaytishlarining o‘zi kamlik qiladi. Ular, shuningdek, sanksiyalardan yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida kamida 50 mlrd dollar to‘lashlari lozim”, deb aytgan Rizoiy.

Uning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezident saylovlarini yuta olmasa ham, “AQShning yadro kelishuviga qaytishni istashi-istamasligi noaniqdir”.

Avvalroq AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk AQShning Eron neft tarmog‘iga yo‘naltirgan sanksiyalaridan Tehron 50 mlrd dollargacha mablag‘ yo‘qotganini ma'lum qilgandi.

“Neft sanksiyalarining o‘zi tuzumni 50 mlrd dollardan mahrum qildi”, deb aytgan Xuk. 

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top