19:10 / 27.10.2019
0
24062

«Xuddi kino ko‘rayotgandek bo‘ldim» - Tramp IShID rahbarining yo‘q qilinishini jonli efirda kuzatganini aytdi

Ushbu jarayonni u bilan birga vitse-prezident Mayk Pens, shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i Mark Milli va boshqalar kuzatib borishgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi jarayonini Oq uyda jonli efirda kuzatib borganini ma'lum qildi. 

"Bu xuddi kino tomosha qilishdek bo‘ldi", - dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jarayonni u bilan birga vitse-prezident Mayk Pens, shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i Mark Milli va boshqalar kuzatib borishgan.

Bugun AQSh 27 oktyabrga o‘tar kechasi Suriyaning Idlib viloyatida IShID rahbarini yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgani haqida ma'lum qilindi.

Turkiya Mudofaa vazirligi ushbu amaliyot Anqara bilan muvofiqlashtirilgan holda o‘tkazilgani tasdiqlagan, unda 8ta vertolyot va 4ta dron ishtirok etganini ma'lum qilingan.

Trampning aytishicha, al-Bag‘dodiy aviazarbalardan keyin “qo‘rqoqlarcha qochgan”, ammo hududni tunnel orqali tark etish uchun harakati muvaffaqiyatsiz kechgach, beliga bog‘langan portlovchi qurilmalarni portlatib yuborgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top